Kardiff xalqaro sport qishlog'i

Kardiff xalqaro sport qishlogʻi (valliycha: Pentref Chwaraeon Rhyngwladol Caerdydd Uelsning Kardiff shahridagi Kardiff koʻrfazida joylashgan. Bu hozirda Buyuk Britaniyadagi eng yirik qayta ishlab chiqarish loyihalaridan biri boʻlib, davlat-xususiy moliyalashtirilgan loyihadir.

Bu manzilda hozirda 50 metrli Olimpiya standartidagi suzish havzasi, muz maydoni va oq suvda kanoeda eshkak eshish va kayak markazlari mavjud. Qurilish tugagach, changʻi va snoubordda uchish uchun yopiq qor maydoni va mehmonxona ham loyilashtirilgan[1]. Boshqa takliflar orasida 220 metrli kuzatuv minorasi va super-kazino bor edi, ammo bu ikkala sxema ham amalga oshishi dargumon edi. Sport inshootlari 2012-yilgi London Olimpiadasi[2] oʻyinlarini oʻtkazish uchun mashgʻulot maydoni sifatida, shuningdek, futbol oʻyinlarini oʻtkazadigan „Millenium“ stadioni sifatida foydalanilgan. 2019-yilda Kardiff kengashi Xalqaro sport qishlogʻi manzilining yangi oʻn yillik asosiy rejasini tasdiqladi, unda 1000 ga yaqin yangi kvartiralar, barlar, restoranlar va dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan[3][4].

  1. „Cardiff International Sports Village – Waterfront Development Volume IV : Non-Technical Summary of the Environmental Statement“. Greenbank Partnerships & Arup (2012-yil oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.[sayt ishlamaydi]
  2. „Olympic training venues – Wales“. BBC News (2008-yil 3-mart). Qaraldi: 2010-yil 28-aprel.
  3. „International Sports Village Development Strategy“. Cardiff Council (2019-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  4. Discombe, Matt (October 4, 2019). „The plans to transform Cardiff Bay with 1,000 flats plus new bars and restaurants“. Walesonline. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne