tuman | |
---|---|
Tarkibida | Navoiy viloyati |
Maʼmuriy markazi | Karmana |
Hokimi | Valijon Adizov |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 79 532 |
Internet domeni | . uz |
Avtomobil raqami kodi | 85 |
Xaritada | |
![]() | |
40°12′36″N 65°22′12″E / 40.21000°N 65.37000°E |
Karmana tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Zarafshon daryosining quyi qismi sohilida joylashgan.
1962-yildan Navoiy tumani deb yuritilgan. 1980-yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan. 1988-yilda qayta qoʻshilgan. 1992-yildan yana alohida tuman boʻlgan. 1999-yil Karmana shahri hududi Navoiy shahri tarkibiga (Karmana tumani sifatida) kiritildi. 2003-yil dekabrda Navoiy tumani nomi Karmana tumani deb oʻzgartirildi va Karmana shahri tuman markazi sifatida belgilandi.
Tuman shimolidan Navbahor, Konimex, gʻarbdan Qiziltepa tumanlari, sharq va janubidan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Karmana tumani hududi Navoiy shahri atrofini hamma tomondan oʻrab olgan. Tumanda 1 shahar (Karmana), 1 shaharcha (Malikrabot), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Narpay, Uyrot, Yangiariq, Hazora) bor. Maydoni 0.95 ming km². Aholisi 94473 kishi (2005). Markazi — Karmana shahri (2003-yil dekabrdan)[1]