Kim Ye-won | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
5-dekabr 1989-yil Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2011-hozirgacha |
Kim Ye-won (1989-yil 5-dekabrda tugʻilgan), Yewon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U 2011-yilda „Jewelry“ K-pop qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan[1]. Qoʻshiqchilik faoliyati bilan bir qatorda, u televideniyeda dramalar, sitkomlar va estrada shoularida paydo boʻlgan[2]. „Jewelry“ 2015-yil boshida tarqatib yuborilganidan soʻng, Kim "We Got Married " realiti-shousining toʻrtinchi mavsumiga qoʻshilgan va u yerda qoʻshiqchi Genri Lau bilan juftlik boʻlgan[3]. Uning „Star Empire Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnomasi 2016-yil oktyabr oyi oxirida tugashi tasdiqlangan[4]. Keyinchalik u 2016-yil noyabr oyida „Jellyfish Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan[5].