Konstruksiya

Konstruksiya (lotincha: constructs - tuzilish, qurilish) — 1) mashina, inshoot yoki oʻzel va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, oʻzellar hamda ularning detallari. Konstruksiya da kerakli qism va elementlarining shakli hamda oʻzaro joylashishi, ularni biriktirish usullari, oʻzaro taʼsiri va qanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi; 2) ilmiy yoki badiiy asarlarning tuzilishi (qarang Kompozitsiya); 3) bir sintaktik birlikni tashkil qiluvchi soʻzlar birikmasi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne