„Rubik kubi“ (ommadagi varianti Kubik-Rubik; dastavval „Magic Kub“ kabi nom bilan atalgan, veng.: Bűvös kocka) — mexanik boshqotirma, 1974-yili vengriyalik haykaltarosh, mason, vunderkind, arxitektora oʻqituvchisi Ernő Rubik tomonidan oʻylab topilgan.
Boshqotirma plastik kubdan iborat. Kub ust tomonidan qardaganda 54 kichik kublardan tashkil topgan yirik kubni oʻzida mujassam etadi va 3ta oʻqdan iborat boʻlib turli tomonlarga aylanadi. Har tomoni 9ta kvadratlardan iborat va olti tusli ranglardan biriga boʻyalgan, keng tarqalgan kublardan esa tomonlari odatda: qizil — zafaron (orange), oq — sariq, koʻk — yashil ranglarga boʻyaladi va yana boshqa bir-biridan farqli oʻlaroq turlari ham mavjud. Yon tomonlarining aylanishi rangli kvardratlarni qayta tartibga keltirishga yordam beradi. Oʻyinchining vazifasi kubning avvlagi holatiga yaʼni har bir tomonini 9ta bir xil rangli kvadratlarini yigʻib, yon tomonlarni aylantirish yordamida tartibga keltirishdan iborat.
Kub — oʻyinchoqlar orasida eng koʻp sotilgan boshqotirma oʻyinchoq boʻlib hisoblanadi. Dunyo boʻylab 350 mlnʼdan ortiq Rubikning kublari sotilgan, agar ularni yonma-yon terib chiqilsa, er sharini oʻrash mumkin.
Bu boshqotirmani „Rubik kubi“ deb nomlanishi dunyoning koʻp tillarida qabul qilingan. Olmon, venger, portugal, xitoy tillari esa bundan mustasno.