LG korporatsiyasi (yoki LG Group) (koreyscha: 엘지) 1983-yildan 1995-yilgacha Lucky-Goldstar (koreyscha: Leokki Geumseong; koreyscha: 럭키 금성) Janubiy Koreyaning koʻp millatli konglomerat korporatsiyasi. Koo In-hwoi tomonidan tashkil etilgan va avlodlari tomonidan ketma-ket boshqarib kelingan.
Janubiy Koreyadagi to'rtinchi yirik chaebol hisoblanadi. Uning bosh qarorgohi Seul shahridagi LG Twin Towers binosida joylashgan[1]. LG elektronika, kimyo va telekommunikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi va 80 dan ortiq mamlakatda LG Electronics, Zenith, LG Display, LG Uplus, LG Innotek, LG Chem va LG Energy Solution kabi shoʻba korxonalarini boshqaradi. Xodimlari 186 ming kishini tashkil etadi.