LG Electronics

LG Electronics Inc.Janubiy Koreya kompaniyasi boʻlib, dunyodagi eng yirik maishiy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilardan biri. LG Group konglomeratining bir qismi hisoblanaddi. LG Electronics kompaniyasining bosh ofisi Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan boʻlib, kompaniyaning 120 ta vakolatxonasi dunyoning 95 mamlakatida ochilgan. 2010-yil holatiga koʻra kompaniya xodimlari 90 578 kishini tashkil etdi[1]. Kompaniyaning 2010-yildagi umumiy aylanmasi 48,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Kompaniyaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

  • LCD va plazma televizorlari
  • Audio va video uskunalar
  • maishiy texnika
  • Kompyuter monitorlari, noutbuklar, komponentlar
  • Konditsioner va filtrlash tizimlari
  • Quyosh panellari kabi energiya tejovchi mahsulotlar
  • Biznes uchun mahsulotlar — kuzatuv tizimlari va sanoat monitorlari
  • Sovutgich kameralari
  1. „LG Overview | LG Electronics Global“. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-noyabr.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne