Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi

1940–1941
1944–1990/91
Maqom Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi
(1940–1941, 1944–1990/91)
Tarixiy era XX asr
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Latviya

Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Latviya SSR (estoncha: Latvijas Padomju Sociālistiskā Republika; ruscha: Латвийская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Latviyasi deb yuritiladi.

Latviya SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan. 1940-yilning 16-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Litvaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Latviya Respublikasi hududida Latviya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan.[1]

1940-yilning 23-iyulida eʼlon qilingan Welles deklaratsiyasi ortidan 1940-yilning 5-avgustida Latviyaning Sovet Ittifoqi tomonidan anneksiya qilib olingani AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan tan olinmagan. Latviya Sovet Ittifoqiga kirgan 15-respublika oʻlaroq yarim asr davomida tan olinmagan. Mamlakat hududini 1940-yilning iyun-iyul oylarida fashistlar Germaniyasi ishgʻol qilgan. 1944–1945-yillarda sovetlar Latviyani qayta egallagan. Bunga qaramasdan, Latviya de jure mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan, ayrim davlatlar Latviyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.

Latviya SSR poytaxti Riga shahri boʻlgan. Respublika 26 rayonga boʻlingan, 56 shahar, 37 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[2]

Latviyada sovet hukmronligi Sovet Ittifoqi parchalana boshlaganidan keyin oʻz yakuniga yetdi. Latviya SSRning ilk saylangan parlamenti 1990-yilning 4-mayida Latviya mustaqilligini tiklash haqidagi deklaratsiyani qabul qildi va mamlakat nomini qaytadan Latviya Respublikasi deb oʻzgartirdi. 1991-yilning 21-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin ikki kun oʻtib – Latviya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.

  1. Ronen, Yaël. Transition from Illegal Regimes Under International Law. Cambridge University Press, 2011 — 17-bet. ISBN 978-0-521-19777-9. 
  2. "Latviya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 449. 5-89890-002-0. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne