Los Angeles Times

Los Angeles Times
Turi Daily newspaper
Formati Broadsheet
Asoschi(lar)
  • Nathan Cole Jr.
  • Thomas Gardiner
Asos solingan 1881-yil 4-dekabr
Bosh muharrir Terry Tang
Tili Ingliz
Vebsayt www.latimes.com

Los Angeles Times — bu 1881-yilda Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida nashr etila boshlagan gazeta[1]. 2018-yildan beri Greater Los-Anjeles hududiga kiruvchi El Segundo shahrida joylashgan[2]. Bu gazeta AQShdagi oltinchi eng yirik gazeta boʻlib, Gʻarbiy AQShda chop etiladigan eng katta nashr hisoblanadi. Uning chop etilgan nusxalari 118,760 boʻlsa, onlayn obunachilari soni 500,000 ga yetib, AQSh gazetalar orasida beshinchi oʻrinni egallaydi[3]. Los Angeles Times Patrick Soon-Shiongga tegishli boʻlib, California Times tomonidan nashr etiladi. Gazeta tashkil topganidan buyon 40 dan ortiq Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan[4][5][6][7].

19-asrda gazeta fuqarolar tarafdori sifatida nom qozongan va kasaba uyushmalariga qarshiligi bilan mashhur boʻlgan. Bu esa 1910-yilda uning shtab-kvartirasining portlatilishiga sabab boʻlgan. 1960-yillarda nashr Otis Chandler boshqaruvi ostida milliy yoʻnalishga oʻtib, ancha mashhur boʻlgan. Kaliforniyadagi va AQShdagi boshqa mintaqaviy gazetalar kabi, 2010-yildan boshlab uning oʻquvchilari soni kamaygan[8]. Shuningdek, gazeta bir necha marta egalik oʻzgarishi, xodimlar qisqarishi va boshqa muammolarga duch kelgan.

2018-yilning yanvarida gazeta xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etishga ovoz berishgan hamda 2019-yilning 16-oktyabrida oʻzlarining birinchi kasaba uyushmasi shartnomasini yakunlashgan[9]. Gazeta 2018-yilning iyul oyida Los-Anjeles markazidagi tarixiy shtab-kvartirasidan Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinidagi El Segundo shahridagi binoga koʻchib oʻtgan. 2020-yildan boshlab gazetaning mavzulari milliy va xalqaro yangiliklardan uzoqlashib, Janubiy Kaliforniya yangiliklariga yoʻnaltirilgan.

2024-yilning yanvar oyida gazeta eng katta qisqartirishni boshdan kechirgan. Xodimlarning 20% dan ortigʻi, shu jumladan yuqori darajadagi tahririyat xodimlari ishdan boʻshatilgan. Bu harakat moliyaviy yoʻqotishlarni kamaytirish va yil oxirigacha gazetaning faoliyatini davom ettirish uchun yetarli mablagʻni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan. Shu orqali gazeta mintaqaviy nashr sifatida omon qolish va oʻz dolzarbligini saqlash uchun kurashni davom ettirmoqda[10][11][12].

  1. „The Los Angeles Times“. www.laalmanac.com. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  2. „Los Angeles Times | History, Ownership, & Facts“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  3. Turvill, William „Top 25 US newspaper circulations: Print sales fall another 12% in 2022“ (en-US). Press Gazette (2022-yil 24-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  4. Chang, Andrea; James, Andrea „Patrick Soon-Shiong — immigrant, doctor, billionaire, and soon, newspaper owner — starts a new era at the L.A. Times“ (en-US). Los Angeles Times (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  5. ; Karen Weingarten; Doug Babington; Don LePan; Maureen OkunThe Broadview Guide to Writing: A Handbook for Students, 6th, Broadview Press, May 30, 2017 — 27–-bet. ISBN 978-1-55481-313-1. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar. 
  6. James, Meg. „Patrick Soon-Shiong affirms commitment to the Los Angeles Times“. Los Angeles Times (2021-yil 19-fevral). 2024-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. „Soon-Shiong, a biotech entrepreneur, and his wife, Michele, purchased The Times and the Union-Tribune in June 2018 for $500 million. Since then the company, now called California Times, has embarked on an unprecedented hiring spree, adding more than 150 journalists to The Times.“.
  7. Caulfield, Mike (January 8, 2017), „National Newspapers of Record“, Web Literacy for Student Fact-Checkers, Pressbooks Create, qaraldi: July 20, 2020
  8. Shelby Grad.. „The fate of California newspapers could be sealed in coming months. Do 'carnage' and 'catastrophe' await?“ (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  9. James, Meg. „Los Angeles Times reaches historic agreement with its newsroom union“ (en-US) (2019-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
  10. Robertson, Katie; Mullin, Benjamin. „Los Angeles Times to Slash Newsroom by Over 20%“ (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  11. Barrionuevo, Alexei; Knolle, Sharon; Korach, Natalie „Chaos, Fury Engulf Los Angeles Times in Historic Cuts to Newsroom“. The Wrap (2024-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  12. James, Meg. „L.A. Times to lay off at least 115 people in the newsroom“ (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne