Lucy Benjamin | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Lucy Jane Baker 25-iyun 1970-yil |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1982-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Richard Taggart (turm. 2006) |
Bolalari | 2 nafar |
Lucy Benjamin (Lucy Jane Baker; 1970-yil 25-iyunda tugʻilgan) – angliyalik aktrisa. Close to Home (1989—1990), Press Gang (1989—1993) va Jupiter Moon (1990, 1996) kabi turli teleseriallarda suratga tushganidan soʻng, aktrisa 1998-yilda BBCning EastEnders serialida Lisa Fowler rolini ijro etgan. 2001-yilgi National Television mukofotda eng mashhur aktrisa nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.
2003-yilda serialni tark etganidan soʻng, u The X Factor: Battle of the Stars (2006) filmida rol ijro etadi. Shuningdek, I'm a Celebrity, Get Me Out of Here (2009) filmida ham koʻrinish bergan. Lucy 2010 va 2017-yillarda EastEnders teleserialida maxsus mehmon sifatida, shu jumladan, ayni paytda Casualty va Doctors kabi seriallarda ham ishtirok etgan. 2019-yildan 2020-yilgacha u doimiy ravishda EastEndersda Liza rolini takrorladi.