Mamlakat, tayinli milliy, iqlimiy, madaniy, tarixiy yoki siyosiy chegaralangan hudud hisoblanadi. Mamlakat oʻz davlat suverenitetiga ega boʻlishi yoki boshqa davlat qaramogʻida boʻlishi mumkin.[1]
Mamlakatni koʻpincha davlat bilan adashtirishadi. Ularning farqi shundaki, mamlakat hudud boʻlsa, davlat shu hududda oʻrnatilgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruv instituti hisoblanadi.