Marhamat tumani

Marhamat tumani
Мархаматский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Marhamat
Hokim Bobirbek Yuldashev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Marhamat tumani xaritada
40°30′0.0″N 72°19′59.9″E / 40.500000°N 72.333306°E / 40.500000; 72.333306

Marhamat tumani — Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning janubiy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumanidagi Russkoye selo posyolkasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asaka shahriga koʻchirilgan. 1970-yil 7-dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shimolda viloyatning Asaka, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,32 ming km², aholisi 175,7 ming nafar kishi (2020). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabogʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma, Mirishkor) bor. Markazi — Marhamat shahri

  1. МАРХАМАТ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne