Meros

Meros — marhumdan vorislarga qolgan mulk. Marhumning mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar, aqliy faoliyat (kashfiyot, ixtirochilik, mualliflik) natijalariga bo‘lgan alohida huquqlar, shuningdek bu huquqlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin (qarang Vorislik huquqi).

Shuningdek, meros tushunchasi ajdodlardan avlodlarga qolib kelayotgan oʻtmish qoldigʻi, ilmiy, adabiy, madaniy boylikni ham bildiradi[1].

  1. „Meros“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne