Metanol yoki metil alkogol (CH3OH) — rangsiz, suv bilan yaxshi aralashadigan suyuqlik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Molekulyar massasi 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20° da), qaynash temperaturasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar bilan metilitlar, kislotalar bilan efirlar hosil qiladi. 500—600° da kumush, mis yoki baʼzi metallar oksidlari ishtirokida havo kislorodi bilan formaldegidgacha oksidlanadi, uglerod (P)-oksid va vodorod aralashmasi bilan etanol yoki boshqa spirtlarga aylanadi. Metanol sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi.
Metanol formaldegid ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qoʻshiladi. Metilmetakrilat, metilaminlar, dimetiltereftalat, metilformiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bugʻlaridan nafas olganda organizmni zaharlaydi, koʻzni koʻr qiladi. Shuning uchun Metanol olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ishchilarni vaqt-vaqt bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turish zarur.[1] formulasi CH3OH Structura formulasi H-C(HH)-O-H