Michael Jackson

Michael Jackson

Michael Jackson (2-iyun 1988, Vena, Avstriya)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Michael Joseph Jackson
29-avgust 1958-yil
Vafoti 25-iyun 2009-yil(2009-06-25)
(50 yoshda)
Los Angeles, Kaliforniya, AQSh
Janrlar R&B, pop, rok, soul, dance, funk, disco, new jack swing
Kasbi Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi, bastakor, aranjirovkachi, raqqos, xoreograf, produser, aktyor, tadbirkor, filantrop
Faoliyat yillari 1964—2009
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Lisa Marie Presley va Debbie Rowe
Veb-sayt www.michaeljackson.com

Michael Joseph Jackson (talaffuzi: Maykl Jekson) (29-avgust 1958-yil – 25-iyun 2009-yil) pop-qoʻshiqchi, boshlovchi va raqqosdir. Ayrimlar M. Jeksonni „pop janrining qiroli“ deb hisoblaydi.

Uning faoliyati 1965-yilda otasi Michael va uning toʻrt nafar ukalari bilan The Jackson Five („Jacksonlar beshligi“) guruhini tashkil etish bilan boshlanadi. 1969-yilda guruh „ABC“, „I Want You Back“, „The Love You Save“ va „Iʼll Be There“ qoʻshiqlari orqali mashhurlikka erishadi. Yakkaxon qoʻshiqchi sifatida M. Jekson 1979-yilda „Off the Wall“ („Rasm-rusumdan xoli“), 1982-yilda „Thriller“ albomlarini chiqardi. „Thriller“ dan soʻng uni „King of Pop“ („Pop qiroli“), deb atay boshlashdi. 1980-yildan u oʻzini raqqos sifatida namoyon eta boshladi. 1982-yilda uning „Beat it“, „Billie Jean“ hamda 1987-yilda „Smooth criminal“ nomi ostidagi qoʻshiqlarni uning ijodining eng yorqin namunalari sifatida tan olinadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne