![]() Microsoft korporatsiyasining logotipi | |
Turi | Ommaviy kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | dasturiy taʼminotlar ishlab chiqarish |
Egasi | |
Birja listingi | NASDAQ: MSFT |
Qachon asos solingan | 4-aprel, 1975-yil[1] |
Joylashuvi | Redmond, Vashington (AQSH) |
Asoschi(lari) | |
Direktori | Satya Nadella (2014-yildan buyon) |
Mahsulot(lar)i | |
Aylanma daromadi |
![]() |
Operatsion foydasi |
![]() |
Boyligi |
![]() |
Kapitallashtirish |
![]() |
Sof foydasi |
![]() |
Ishchilar soni |
![]() |
Aʼzolari | Xbox Game Studios |
Shoʻba korxonalari | |
Vebsayti | https://www.microsoft.com |
Til(lar)i | ingliz, rus, fransuz, nemis, koreys, yapon va b. |
Microsoft korporatsiyasi (Microsoft Corporation, Microsoft) — har xil turdagi hisoblash uskunalari: shaxsiy kompyuterlar, oʻyin pristavkalari, PDAʼlar, mobil telefonlar va boshqalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi eng yirik transmilliy kompaniyalardan biridir. Ayni paytda dunyoda eng keng tarqalgan dasturiy platforma — Windows operatsion tizimlar oilasi ham shu korporatsiyaga tegishlidir.
Korporatsiyaning shoʻbalarida Xbox oʻyin pristavkalari, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar (klaviatura, sichqon va boshqalar) ham ishlab chiqaradi[2]. 2012-yildan beri oʻzining planshet kompyuteri — Surfaceʼni ishlab chiqarmoqda. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlar 45 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi.
Korporatsiya shtab-kvartirasi AQShning Vashington shtati Redmond shahrida joylashgan.
Korporatsiyada 2020-yil 30-iyun holatiga koʻra, 163 mingdan ziyod kishi ishlamoqda. 2018-yilda u Forbes jurnali boʻyicha dunyoning 500 ta eng yaxshi ish beruvchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi[3].
Microsoft Rossiyada 1992-yil noyabr oyidan (2004-yil iyulidan “Майкрософт Рус” MCHJ deb qayta tashkil etildi) faoliyat yuritadi.
Microsoft 2002-yilgi kelishuv natijasida AQSh sudi nazorati ostida[4].