Mirishkor tumani

Mirishkor tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Mirishkor
Asos solingan sanasi 6-yanvar 2003
Tuman hokimi Fayzullo Gʻulomov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 124,100 kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 70
Rasmiy sayti http://mirishkorpress.uz
Xaritada
Mirishkor tumani xaritada
38°54′7″N 65°0′3″E / 38.90194°N 65.00083°E / 38.90194; 65.00083

Mirishkor tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan[1]. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 3 shaharcha (Yangi Mirishkor, Jeynov, Chandir), 12 qishloq fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston, Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) va 40 mahalla fuqarolar yigʻini bor[2]. Maydoni 3,1 ming km2. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 2-oʻrinda turadi. Aholisi 124,100 kishi (2022-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi – Yangi Mirishkor shaharchasi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arablar, turkmanlar, tojiklar, ruslar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005)[3].

  1. „QASHQADARYO VILOYATINING BAHORISTON VA USMON YUSUPOV TUMANLARINI BIRLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz (29-iyun 2003-yil). Qaraldi: 14-mart 2023-yil.
  2. „Qashqadaryo viloyati ma'muriy hududiy holati“. norma.uz. Qaraldi: 22-yanvar 2025-yil.
  3. Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova, Qoʻshmurod Yomgʻirov. „Mirishkor tumani“ OʻzME. M-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne