Miroslav Klose

Miroslav Klose
Klose in 2016
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miroslav Josef Klose[1]
Tavallud paytidagi ismi Mirosław Marian Klose
Tavallud sanasi 9-iyun 1978-yil (1978-06-09) (46 yosh)[2]
Tavallud joyi Opole, Polsha[3]
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1. FC Nürnberg (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987–1998 SG Blaubach-Diedelkopf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998–1999 FC 08 Homburg II 15 (10)
1998–1999 FC 08 Homburg 18 (1)
1999–2001 1. FC Kaiserslautern II 50 (26)
1999–2004 1. FC Kaiserslautern 120 (44)
2004–2007 Werder Bremen 89 (53)
2007–2011 Bayern Munich 98 (24)
2011–2016 Lazio 139 (54)
Total 529 (212)
Milliy terma jamoa
2001–2014 Germaniya 137 (71)
Boshqargan klublari
2016–2018 Germaniya (yordamchi)
2018–2020 Bayern Munich U17
2020–2021 Bayern Munich (yordamchi)
2022–2023 Rheindorf Altach
2024– 1. FC Nürnberg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Miroslav Yozef Kloze (1978-yil 9-iyunda tugʻilgan)—nemis professional futbol menejeri va Avstriyaning Bundesliga klubi Rheindorf Altach bosh murabbiyi boʻlgan sobiq futbolchisi. Hujumchi Kloze Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi va FIFA Jahon Chempionatlarida eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchisidir. Kloze Germaniya terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. U 2014-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoaning bir qismi boʻlgan, bungacha musobaqada ikkinchi (2002) va uchinchi (2006, 2010) oʻrinlarini egallagan. U Germaniya bilan UEFA yevro-2008da ikkinchi oʻrinni egallgan va UEFA Euro 2012-yilda birgalikda uchinchi oʻrinni egallgan. U FIFA Jahon kubogi turnirlarida eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi hisoblangan[4]. 2002-yilda debyut Jahon chempionatida beshta gol urgan va 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida yana besh marta gʻl urib, „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan. U 2010-yilgi Jahon chempionatida toʻrt marta va 2014-yilgi jahon chempionatida ikki marta gol urgan va oxirgi turnirda oʻsha paytdagi 15 gol bilan braziliyalik Ronalduni ortda qoldirib, barcha davrlar roʻyxatini boshqargan[5]. U 2014-yil avgustida, Germaniya terma jamoasining JCh-2014dagi gʻalabasidan koʻp oʻtmay, terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan[6]. Klub darajasida Kloze xalqaro faoliyatidagiga qaraganda unchalik yorqin oʻtmagan, ammo odatda koʻplab gol muallifi aylanar edi.

  1. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Germany“. FIFA (2014-yil 14-iyul). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Miroslav Klose“ (de). kicker Online. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Miroslav Klose“. S.S. Lazio. 2015-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  4. „The greatest striker in World Cup history: Miroslav Klose“.[sayt ishlamaydi]
  5. „The Mineirazo in numbers“. FIFA (9-iyul 2014-yil). 2014-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2019-yil.
  6. „Miroslav Klose announces retirement from international football“. The Guardian (11-avgust 2014-yil). Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne