Moyak

Odamning jinsiy bezlari. Erkak (moyak, o'ng) va ayol (tuxumdon, chap)

Moyak, urugdon — erkaklar jinsiy bezi; yorgoq ichida joylashgan. Moyakda organizmdagi bir qancha funksiyalarga taʼsir koʻrsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga oʻtadi. Balogʻatga yetgan davrda moyak toʻliq yetiladi, yosh utishi bilan bir oz kichrayib boradi. Embrionda moyak qorin boʻshligʻida belning yuqoridagi ikkita umurtqasi sohasida paydo boʻladi va tugʻilish davriga kelib yorgʻoqqa tushadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne