'Muqaddas Rim Imperiyasi lotincha:Sacrum Imperium Romanum nemischa:Heiliges Römisches Reich' | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori Gott erhalte Frans den Kaiser | |||||||||
Madhiya Gott erhalte Franz den Kaiser "God Save Emperor Francis" | |||||||||
962-yildan 1806-yilgacha Muqaddas Rim imperiyasining hududi. (Zamonaviy davlatlar misolida) | |||||||||
Poytaxti | Axen 800-1556-yillar Palermo (1194-yilda Genrix VI ning toj kiyishidan Shtaufenlar sulolasi qulagunga qadar) Frankfurt (1562-yildan 1583-yilgacha) Praga (1583-yildan 1612-yilgacha) Vena (1612-yildan 1806-yilgacha) | ||||||||
Til(lar)i | Nemis Lotin(oʻrta asrlar)) Boshqa tillar (chex, polyak, italyan, golland, fransuz va boshqalar) | ||||||||
Dini | Rasmiy dinlar:
Katolik (800-1806-yillar), | ||||||||
Pul birligi | Bir nechta: Taler Gulden Groshen Reichsthaler | ||||||||
Maydoni | 1 000 000 km (390 000 sq mi) | ||||||||
Aholisi | 1700-yil-25.000.000 1800-yilda-29.000.000 | ||||||||
Boshqaruv shakli | Konfederal saylangan monarxiya | ||||||||
Sulola | Karolinglar Vidoniylar Unroshinglar Ottoniylar Saliylar Shtaufenlar Lyuksumburglar Gabsburglar Gabsburg-Lotaringiya | ||||||||
'Qirol' | |||||||||
- 800-814-yillar | Buyuk Karl | ||||||||
'Imperator' | |||||||||
- 962-973-yillar | Otton I | ||||||||
'Imperator' | |||||||||
- 1508-1519-yillar | Maksimilian I | ||||||||
'Imperator' | |||||||||
- 1519-1556-yillar | Karl V | ||||||||
'Imperator' | |||||||||
- 1792-1806-yillar | Frans II | ||||||||
'Tarixiy davr' | Oʻrta asrlardan yangi davrgacha | ||||||||
Tarix | |||||||||
- 25-dekabr 1800-yil | Franklar qiroli Buyuk Karl Rim imperatori tojini kiydi | ||||||||
- 2-fevral 962-yil | Sharqiy Franklar qiroli Otton I Rim imperatori tojini kiydiradi | ||||||||
- 2-fevral 1033-yil | Konrad II Burgundiya qirolligi tojini kiydi | ||||||||
- 25-sentabr 1555-yil | Augsburg tinchlik shartnomasi | ||||||||
- 24-oktabr 1648-yil | Vestfaliya tinchlik shartnomasi | ||||||||
- 2-dekabr 1805-yil | Austerlitz jangi | ||||||||
- 6-avgust 1806-yil | Muqaddas Rim imperatori Frans II ning taxtdan voz kechishi | ||||||||
Muqaddas Rim imperiyasi - oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shimoliy va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 yil), tashkil topgan. "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan.
"Muqaddas Rim imperiyasi" 11 —13-asrlarda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tufayli "Muqaddas Rim imperiyasi" ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng "Muqaddas Rim imperiyasi" rasman tugatilgan.[1]
Muqaddas Rim imperiyasi (lotincha:Sacrum Romanum Imperium; nemischa: Heiliges Römisches Reich[2] nemischa talaffuzi: [ˌhaɪ̯lɪɡəs ˌʁøːmɪʃəs ˈʁaɪ̯ç] ( tinglang)), Gʻarbiy, Markaziy va Janubiy Yevropadagi davlat boʻlib, ilk oʻrta asrlarda tashkil topib,1806-yilda Napoleon urushlari natijasida parchalangan[3]. 962-yilda Otton I taxtga oʻtirganidan to XII asrgacha imperiya Yevropadagi eng kuchli monarxiya edi[4]. Tarixchi Endryu Xolt uni „ehtimol, Oʻrta asrdagi eng qudratli Yevropa davlati“[5] deb taʼriflaydi. Markazlashtirilgan boshqaruv 1250-yillarga kelib susuya boshladi[6].
Oʻzining eng gullab-yashnagan davrida imperiya tarkibiga: Germaniya, shimoliy va markaziy Italiya, Chexiya, shuningdek, Fransiyaning ayrim hududlari kirgan. 1034-yilgacha Muqaddas Rim imperiyasi rasmiy ravishda uchta qirollikdan: Germaniya, Italiya va Burgundiyadan iborat edi[7]. 1041-yilda Bogemiya Knyazligi imperiya tarkibiga kirdi, u 1198-yilda Bogemiya qirolligiga aylandi (rasmiy ravishda imperiya ichidagi bu maqom unga 1212-yilda "Sitsiliya oltin buqasi" bilan berilgan edi). Sitsiliya qirolligi ham 1197-yildan boshlab, imperiya tarkibiga qoʻshildi[8].
Imperiya 962-yilda Germaniya qiroli Otton I tomonidan tashkil etilgan va qadimgi Rim imperiyasi va Buyuk Karl Frank imperiyasining bevosita davomi sifatida koʻrilgan. Imperiya mavjudligining butun tarixi davomida markaziy hokimiyat va imperiya tarkibiga kirgan davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻzgartirish jarayonlari uzluksiz davom etdi. Imperiya oʻzining butun tarixi davomida bir necha yuzlab hududiy-davlat tuzilmalarini birlashtirgan murakkab feodal iyerarxik tuzilishga ega markazlashmagan davlat birlashmasi boʻlib qoldi. Imperiyaning boshida Imperator turar edi[9]. Imperator unvoni merosiy emas edi, imperator saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylov natijalariga koʻra tayinlangan. Imperatorning hokimiyati hech qachon mutlaq boʻlmagan, uning vakolatlari Germaniyaning yuqori tabaqa zodagonlari va XV asrning oxiridan boshlab imperiyaning asosiy davlatlari manfaatlarini ifodalovchi Reyxstag bilan chegaralangan edi[10].
Imperiya oʻzining dastlabki davrida feodal- teokratik davlat xarakteriga ega boʻlib, imperatorlar xristian olamida eng yuqori hokimiyatga daʼvogar edilar. Papa taxtining mustahkamlanishi va Italiyaga egalik qilish uchun koʻp asrlik kurash Germaniyada hududiy knyazlar kuchining bir vaqtning oʻzida oʻsishi imperiyadagi markaziy hokimiyatni sezilarli darajada zaiflashtirdi[11]. Oʻrta asrlarning oxirlarida imperiya tarkibiga kirgan davlatlar yarim mustaqil yarim mustaqil edilar. Biroq, XV asr oxiri — XVI asr boshlarida amalga oshirilgan "imperator islohoti " markaziy hukumatning taʼsirini kuchaytirishga va imperator va imperiya tarkibidagi davlatlar oʻrtasida kuchlar muvozanatini shakllantirishga imkon berdi[12]. Ammo Reformatsiya Yevropadagi 30 yillik urushdan soʻng inqirozga uchradi va Reyxstag imperiyaning asosiy kuchiga aylantirildi. Imperiya Yangi davrda oʻz fuqarolarining mustaqilligini, shuningdek, mulklarning anʼanaviy huquq va imtiyozlarini himoya qilishni taʼminladi. Vestfaliya tinchlik shartnomasidan soʻng imperiyada bir nechta diniy mazhablar shakllandi, Imperiya katoliklar va protestantlar oʻrtasida diniy urushlar kelib chiqarmaslikka harakat qildi. Oʻttiz yillik urush tugaganidan keyin imperiyada hokimiyatni markazlashtirishga urinishlar kuzatilmadi[13].
XVIII asrda imperiya tizimining markaziy hokimiyat taʼsirining pasayishi kuzatildi. Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yilgacha mavjud boʻldi, Imperiya Napoleon urushlari vaqtida tugatildi, oxirgi imperator Frans II taxtdan voz kechdi, Imperiya oʻrnida Reyn konfederatsiyasi tashkil etildi[14].