Namangan viloyati

Namangan viloyati
viloyat
Maʼmuriy markazi Namangan
Yirik shaharlari Pop Chust
YAIM 7.3 Mlrd $  (8-oʻrin)
Rasmiy tillar oʻzbek
Aholi (2024)
3 095 000
(8.3 % ,  (5-oʻrin)
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 7900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-NG
Internet domeni namangan.uz
Avtomobil raqami kodi 50
Xaritada
Namangan viloyati xaritada
Namangan viloyati, Xarita
41°0′0″N 71°10′0″E / 41.00000°N 71.16667°E / 41.00000; 71.16667

Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967-yil 18-dekabrda qayta tashkil etildi. Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari — Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, janubi-sharqdan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 2931,5 ming kishi (2021). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Sang, Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayot, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh, Chodak), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Namangan shahri.

Namangan viloyatidagi adir

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne