Nazir Safarov | |
---|---|
Tavalludi |
9-yanvar 1905-yil |
Vafoti |
1-aprel 1985-yil Toshkent |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek, rus |
Fuqaroligi |
![]() |
Faoliyat yillari | 1928–1985 |
Janr | proza, drama, ssenariy |
Nazir Safarovich Safarov (1905-yil 9-yanvar Jizzax, Turkiston general-gubernatorligi (hozirgi Jizzax viloyati) – 1985-yil 1-aprel Toshkent) – oʻzbek sovet yozuvchisi, ssenariynavis va nosir, dramaturg, jurnalist, muxbir. Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1975), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1968). SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1934)[1][2].