Nuralixon

Nuralixon
Kichik juz xoni
Mansab davri
1748-yil – 1786-yil
Oʻtmishdoshi Abulxayrxon
Vorisi Jarmuhambetxon
Xiva xoni
Mansab davri
1740-yil – 1742-yil
Oʻtmishdoshi Tohirxon
Vorisi Abulg'ozixon II
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1704-yil
Qozoq xonligi
Vafoti 1790-yil
Rossiya imperiyasi
Otasi Abulxayrxon
Dini Islom

Nurali xon (qoz. Nurmuhammedali Bahodurxon, hukumronlik yillari 1748 —1786-yillar) qozoq xonlaridan biri[1]. Abulxayrxon vafotidan soʻng, 1748-yilda uning oʻgʻli Nuralixon Kichik juzda xonlik taxtiga oʻtirgan. Ushbu qarorni Rossiya qirolichasi Yelizavetta Petrovna tasdiqlagan[2]. Nuralixon Rossiya imperiyasi tomonidan tasdiqlangan birinchi qozoq xoni boʻlgan. Bu harakat bilan podshoh hukumati qozoq xalqi tomonidan xon deb tan olingan sultonni xonlikka tasdiqlash yoki tasdiqlamaslik oʻz ixtiyorida ekanligini bildirgan. Bu qozoq xalqining mustaqil davlatchiligini yoʻq qilishga qaratilgan birinchi qadam boʻlgan[3].

  1. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“.
  2. Артыкбаев Ж. О. История Казахстана. — Астана, 2004. — 159 с.
  3. „История Казахстана“. 2008-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne