Ogahiy | |
---|---|
![]() Ogahiy byusti. Ogahiy uy muzeyi. Xiva. | |
Asl ismi | chigʻatoycha: محمد رضا آگهی |
Tavalludi |
1809 Qiyot qishlogʻi, Xiva yaqinida, Xiva xonligi |
Vafoti |
1874 nomaʼlum, ehtimol Xiva |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Xiva xonligi |
Faoliyat yillari | 1857—1874 |
Janr | shoir, tarixchi, tarjimon |
Ogahiy (taxallusi; toʻliq ismi: Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809-yil 17-dekabr, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi[1] – 1874-yil 14-dekabr) – oʻzbek shoiri, tarixchi,tarjimon.
Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassik asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan.
1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—1842) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi „shakarlang“ (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.