Asl nomi | Беҙҙең өйҙөң йәме |
---|---|
Muallif(lar) | Mustay Karim |
Til | boshqird |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1951 |
„Oilamiz quvonchi“ (boshqirdcha: Беҙҙең өйҙөң йәме) — boshqird yozuvchisi Mustay Karim qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1951-yil nashr qilingan. Asar rus, oʻzbek, tuva, turkman, qoraqalpoq hamda vyetnam tillariga tarjima qilingan, koʻpab toʻplamlarga kiritilgan.
Qissada Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan xalqlarning doʻstligi, boshqird oilasi boqib olgan yetim ukrain qizi haqida hikoya qilinadi. Qissada, shuningdek, boshqirdlarning oilaviy qadriyatlari va udumlari tasvirlangan[1].