„Oq bulut“ | |
---|---|
Kumush Razzoqova va Javlon Toʻxtayev qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1984 |
Yozib olingan | 1983 |
Janr | estrada |
Davomiyligi | 3:35 |
Matn muallif(lar)i |
Ilya Reznik (ruscha) Yodgor Obidov (oʻzbekcha) |
Bastakor(lar) | Farruh Zokirov |
„Oq bulut“ — oʻzbek xonandalari Kumush Razzoqova va Javlon Toʻxtayev ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni 1983-yil Ilya Reznik rus tilida yozgan sheʼrga „Yalla“ guruhi solisti Farruh Zokirov bastalagan. Ruscha matnni Yodgor Obidov oʻzbek tiliga oʻgirgan. Dastlab tarona 1984-yil „Vodillik kelin“ (ruscha: Невеста из Вуадиля) filmi saundtregi uchun ikki tilda — rus va oʻzbek tillarida kuylangan. Oʻzbek tilidagi variant Razzoqova bilan „Yalla“ gitarachi Toʻxtayev ijrosida kuylangan boʻlsa, rus tilidagi variant rejissyor Ali Hamroyev taklifiga koʻra Nargiza Zokirova tomonidan ijro etilgan[1]. Ruscha versiya nomi — „Chto takoye oblaka“ (ruscha: Что такое облака?). Oʻzbekcha versiyaning Razzoqova Kozim Qayumov bilan ijro etgan versiyasi ham mavjud[manba kerak].
„Oq bulut“ qoʻshigʻi eʼlon qilinishi ortidan Oʻzbekistonda va qoʻshni mamlakatlarda xitga aylangan. Taronani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Yodgor Mirzajonov va Nargiza Abdullayeva kaver qilgan.