tuman | |
---|---|
Tarkibida | Sirdaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sardoba (qishloq) |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
40°40′12.0″N 68°52′58.8″E / 40.670000°N 68.883000°E |
Oqoltin tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1971-yil 29-avgustda tashkil etilgan. Shim.dan Qirgʻiziston Respublikasi, shim.-gʻarbdan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, jan.-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, jan.dan viloyatning Sharof Rashidov, shim.-sharq, jan.-sharkdan Mirzaobod va Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,57 ming km². Aholisi 51,3 ming kishi (2003).[1]
Oqoltin tumanida 13 ta mahall fuqarolar yigʻini (Ahillik, Boʻston, Koʻrkam diyor, Andijon, Yangi hayot, Obod, Toshkent, Yangi davr, A.Navoiy, Sahovat, Shodlik,) bor (2003). Markazi — Sardoba shaharchasi.[1]