Oshxona

Rigadagi XX asr boshlarida Art Nouveau uslubidagi oshxona

Oshxona — bu turar-joy yoki tijorat muassasasida ovqat tayyorlash uchun ishlatiladigan xona yoki xonaning bir qismi. Zamonaviy oʻrta toifadagi turar-joy oshxonasi odatda pechka,muzlatgich,modulli dizaynga muvofiq tashkil etilgan ish stollari va oshxona kabinetlari bilan jihozlangan boʻladi. Koʻpgina uy xoʻjaliklar oshxonalarida mikroto'lqinli pech, idish yuvish mashinasi va boshqa elektr jihozlari mavjud. Oshxonaning asosiy vazifalari ovqatni saqlash, tayyorlash va pishirish (va idishlarni yuvish kabi tegishli vazifalarni bajarish)dir. Xona yoki hudud ovqatlanish (yoki nonushta kabi kichik ovqatlar), koʻngil ochish va kir yuvish uchun ham ishlatilishi mumkin. Oshxona dizayni va qurilishi butun dunyoda katta tijorat bozori hisoblanadi.

Tijorat oshxonalari restoranlarda, kafelarda, mehmonxonalarda, kasalxonalarda, oʻquv va ish joylarida, armiya kazarmalarida va shunga oʻxshash muassasalarda joylashgan. Bu oshxonalar odatda turar joy oshxonasiga qaraganda kattaroq hajmli boʻladi hamda koʻproq uskunalar bilan jihozlanadi. Misol uchun, katta restoranda ulkan muzlatgich va katta idish yuvish mashinasi boʻlishi mumkin[1][2].

Rivojlangan mamlakatlarda tijorat oshxonalari odatda sogʻliqni saqlash qonunlariga boʻysunadi. Ular vaqti-vaqti bilan sogʻliqni saqlash xodimlari tomonidan tekshiriladi va qonun bilan belgilangan gigiyenik talablarga javob bermasa, yopiladi. 

  1. „The Pros and Cons of Using A Commercial Sink at Home – Home Decor Expert and“. Home Decor Expert (2018-yil 14-iyun). 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  2. Vogel, Carol. „The commercial kitchen at home: pros and cons“. New York Times (1982-yil 9-dekabr).

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne