Otto fon Bismark | |
Fayl:Bundesarchiv Bild 146-1990-023-06A, Otto fon Bismarck.jpg | |
Autograph-OttoBismarck.png | |
German Imperiyasining birinchi reyxskansleri | |
Hukmronligining boshlanishi: | 21-mart 1871 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 20-mart 1890 |
Oʻtmishdosh: | Lavozim mavjud boʻlmagan |
Voris: | Leo fon Kaprivi |
Tugʻilgan sanasi: | 1-aprel 1815-yil |
Tugʻilgan joyi: | Shyonxauzen, Saksoniya, Prussiya |
Vafot sanasi: | 30-iyul 1898-yil (83 yoshda) |
Vafot joyi: | Fridrixsru, Shlezvig-Golshteyn, Germaniya |
Turmush oʻrtogʻi: | Ioganna fon Puttkamer |
Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark (nemischa: Otto Eduard Leopold fon Bismarck ; 1815-yil 1-aprel — 1898-yil 30-iyul) — „temir kansler“ deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri.
Prussiya qirolligida Bismark konservatorlar orasida yunkerlar namoyondasi sifatida obroʻ qozongan, diplomat sifatida faoliyat yuritgan (1851-1862-yillar). 1862-yilda Prussiya hukumatining bosh vaziri etib tayinlangan. Konstitutsion inqiroz vaqtida monarxiyani himoya qilib liberallarga qarshi chiqgan. Tashqi ishlar vaziri sifatida Olmon-Daniya urushidan soʻng Prussiyani Germaniyadagi yetakchi kuchga aylantirdi.
U Reyxskansler va Prussiya bosh vaziri sifatida 1890-yilgi isteʼfosiga qadar Reyxning siyosatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bismark tashqi siyosatda kuchlar balansi prinsipiga amal qilgan.
Ichki siyosatda uning boshqaruv davrini ikki fazaga boʻlsa boʻladi. Boshida u oʻta liberallar bilan ittifoq tuzgan. Bu davrda koʻplab ichki reformatsiyalar roʻy berdi, masalan, Bismark tomonidan katolik cherkovining taʼsirini pasaytirish maqsadida Fuqarolik nikohining kiritilishi. 1870-yillarning oxirlaridan boshlab Bismark liberallardan uzoqlashdi. Bu faza davomida u proteksionizm va iqtisodiyotga hukumatning aralashuvi siyosatidan foydalanadi. 1880-yillarda antisotsialistik qonun kuchga kirdi. Oʻsha vaqtdagi kayzer Vilgelm II bilan kelishmovchiliklar Bismarkning isteʼfo berishiga sabab boʻldi.
BISMARK (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskansleri (1871—90). B. Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunkerburjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya („Kulturkampf“)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar oʻtkazdi. B. Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri.
Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli intervensiya tashkilotchilaridan biri boʻlgan.