Muallif(lar) | Nurali Qobul |
---|---|
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1978 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Sahifalar soni | 111 |
„Oyqor“, toʻliq nomi „Oyqor (voqeiy qissa)“ – oʻzbek yozuvchisi Nurali Qobul qalamiga mansub qissa. Muallifning ilk yirik asari boʻlib, 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarda sovet davrida qishloq xoʻjaligining kollektivlashtirilishi haqida hikoya qilinadi. 1982-yil qissaning L. Samoyov oʻgirgan ruscha tarjimasi nashr etilgan[1].
„Oyqor“ qissasi Qobulning 1979-yil chop etilgan „Salom, togʻlar“ qissasi bilan bir qatorda oʻquvchilar va tanqidchilar orasida keng muhokama qilingan[2]. Qissa uchun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy „umidli qalam sohibi“ nomi bilan kirish soʻzini yozgan[2]. 1978-yil „Yosh leninchi“ gazetasida „Qorli togʻlar qoʻshigʻi“ nomi bilan qissadan parcha chop etilgan[3].
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()