Pasportlar

Soat yoʻnalishi boʻyicha, yuqoridan chapdan: Gollandiyaning oddiy, Nepal diplomatik, Xitoyning xizmat va Polshaning oddiy pasportlari

Pasport — bu inson shaxsini tasdqilashi uchun hukumat tomonidan joriy qilingan rasmiy sayohat hujjati. Bu pasport egasiga xorijga sayohat qilish va chet eldalik paytida konsullik yordamidan foydalanish imkonini beradi. Hujjat uning egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydi. [1] Standart pasportlarda to‘liq ismi-sharifi, fotosurati, tug‘ilgan joyi va sanasi, imzosi, pasportning amal qilish muddati kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻladi. Pasportlar odatda milliy hukumatlar tomonidan beriladigan boʻlsa-da, ayrim submilliy hukumatlar [lower-alpha 1] oʻz chegaralarida yashovchi boshqa davlat fuqarolariga pasport berishga vakolatli.

Koʻpgina davlatlarda pasportlar mikrochipni oʻz ichiga olgan biometrik pasportlardan foydalanganlar (yoki berishni rejalashtirmoqda), bu ularni mashinada oʻqish mumkin va qalbakilashtirishni qiyinlashtiradi. [2] -, 2019-yil(2019-Expression error: Unrecognized word "january".-00) holatiga koʻra , 150 dan ortiq yurisdiksiyada elektron pasportlar berilgan. [3] Avvalroq chiqarilgan biometrik boʻlmagan mashina oʻqiy oladigan pasportlar esa tegishli amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

  1. „Definition of PASSPORT“ (en). www.merriam-webster.com. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  2. Cane, P. The New Oxford Companion to Law. London: Oxford University Press, 2008. ISBN 9780199290543. 
  3. „The electronic passport in 2021 and beyond“. Thales Group.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne