Pauer-akkord (inglizcha: power chord) — asosiy tondan va kvintadan iborat akkord. Pauer-akkordlar eng koʻp elektrogitara chalishda „overdrive“ yoki „distortion“ effektlari bilan qoʻllanadi.[1] Bunday akkordlar asosan rock musiqada uchraydi.[2]
Pauer-akkordlar musiqaga kuchli va shiddatli tovush beradi. Shuning uchun ham ular inglizcha power chord (power — kuch, quvvat va chord — akkord) deb nomlanadi. Pauer-akkordlar odatda akkompanementda qoʻllanadi. Ularda tersiya tonining yoʻqligi solochi uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratadi.