Peshtoq — madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — asosiy kirish qismi. Peshtoq binoning hashamatli baland, bezakdor meʼmoriy boʻlagi boʻlib, odatda, bino devori sathidan bir oz boʻrttirib chiqariladi. Asosiy oʻrinni markaziy ravoq, uning ikki yonidagi dahanasi va tepasidagi ikki uchburchak qanos va kitoba tashkil etadi.