Pesnya bez slov

„Pesnya bez slov“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Zvezda po imeni Solnse“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1989
Yozib olingan 1989
Janr yangi toʻlqin
Davomiyligi 5:07
Leybl General Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Zvezda po imeni Solnse“ xronologiyasi
Pesnya bez slov „Zvezda po imeni Solnse“

Pesnya bez slov“ (ruscha: Песня без слов, yaʼni „Soʻzsiz qoʻshiq“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan ayni nomli studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.

„Kino“ guruhi ashulani 1989-yil „Vzglad“ teledasturida ijro etgan. Dastur davomida ashula nomi „Beliy den“ (ruscha: Белый день) deb koʻrsatilgan.

Ashulani bugunga qadar bir necha xonanda va musiqiy guruh kaver qilgan. Xususan, „Alisa“ guruhi qoʻshiqning kaver versiyasini hozirlagan. Guruh solisti Konstantin Kinchev eʼtiqodidan kelib chiqib, „Har bir oʻgʻriga oʻgʻirlash imkoniyati“ (ruscha: Каждому вору — возможность украсть) misrasini „Har bir oʻgʻriga oʻgʻirlamaslik imkoniyatini“ (ruscha: Каждому вору — возможность НЕ красть) oʻlaroq oʻzgartirib kuylagan[1].

  1. „Песня без слов – Виктор Цой“ (ruscha). Репродуктор. Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne