Play4 (TV kanali)

Play4 — Belgiya-Flamand tijorat telekanali. Bu kanal SBS Belgiya va Woestijnvis ishlab chiqarish kompaniyasining bir qismi hisoblanadi.

2010-yil holatiga koʻra, kanalning bozor ulushi 7% dan yuqori koʻrsatkichni tashkil etdi. 

Kanal 2012-yil 17-sentabrdan 2021-yil 27-yanvargacha VIER nomi bilan tanilgan. 2021-yil 28-yanvarda, kanal Play4 nomiga o‘zgartirilgan.

Uning egasi Play5, Play6 va Play7 kabi stansiyalarni ham boshqaradi. Dastur oʻyin-kulgilar, seriallar, multfilmlar, filmlar, sport dasturlarini oʻz ichiga oladi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne