Polvon darvoza | |
---|---|
![]() | |
Muqobil nom(lar)i |
Poshshob darvoza Qul darvoza |
Joylashuvi | |
Manzil | Ichan qalʼa |
Hudud | Xiva |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 41°22′38″N 60°21′44″E / 41.377205516595446°N 60.3621697551267°E |
Umumiy maʼlumotlar | |
Qurilishi boshlangan | 1806 |
Qurib bitkazilgan | 1835 |
Taʼmirlangan yili | 1930, 1954–1955, 1982–1984, 1997 |
Qalʼa (shahar) | Ichan qalʼa |
Arxitekturasi | |
Qurilish materiali | Pishgan gʻisht |
![]() |
Polvon darvoza – Xiva shahridagi Ichan qalʼaning sharqiy darvozasi (1806). Xalq uni Poshshob (Jallod) darvoza, Qul darvoza deb ham ataydi. Bu darvoza Xiva shahrining asosiy kirish eshigi boʻlib, darvoza bir mirshab boshchiligida yettita navkar tomonidan qoʻriqlagan. Qal’a devorining atrofini Amudaryodan suv keladigan kanal oʻrab olgan. Darvozaning kechasi koʻtarib qoʻyiladigan koʻprigi boʻlgan. Polvon darvoza mirshabi Xiva xoni saroyi boʻlgan Arkning darvozasida soqchilik qiladigan mirshab bilan teng miqdorda maosh olgan[1]. Polvon darvozaning hozirgi qiyofasi bir qancha taʼmirlashlar natijasidir. Avval darvoza qal’a devoridan ozroq tashqi tomonga boʻrtib chiqqan shaklda edi. Uning ustida shahar tashqarisini kuzatib turish qulay boʻlgan. Darvoza 1806-yilda Eltuzarxon tomonidan pishgan gʻishtdan qayta qurilgan. Shuningdek, uzun yoʻlak – dolon ham barpo etilgan boʻlib, u savdo rastalari chun ham joy boʻlgan. Darvozaning yon tomonidagi burjlari shahar devori bilan ulanib ketgan. 1832—1833-yillarda tim va karvonsaroy qurilgandan keyin darvozaning bozor sifatidagi roli kamaydi. 1835-yilda darvoza ichkarisida Olloqulixon madrasasi qurilishi bilan uning gʻarbiy qismi qaytadan tiklandi. Oldida ikki gumbazli va peshtoqli yangi hammom qurildi. Olloqulixon madrasasining qurilishi natijasida ichki sahni uzaytirilgan. Chiroyli koshin plitkalar bilan bezatilgani uchun „Gul darvoza“ nomini ham olgan. Darvoza xivalik shoir, yetti asr muqaddam yashagan, uch yuzdan ortiq ruboiy muallifi, shahar himoyachisi hisoblangan Pahlavon Mahmud sharafiga nomlangan. Pahlavon Mahmud Juma masjidining orqasida, mahobatli maqbarada dafn etilgan[2].
Obida yaxshi saqlangan. Yuqori portal arkasi oʻq kabi tepaga yaqinlashadi, koʻk va toʻq koʻk mozaikali rasm jabhani qoplaydi. Kirish eshigi ustidagi belgi mehmonlarga darvozaning 400 yoshdan oshganini va bu meʼmoriy yodgorlik davlat muhofazasida ekanligini eslatib turadi.
Kiraverishdagi ikkita minora bir vaqtlar sirlangan koʻk gumbazlar bilan porlab turgan. Oʻyilgan yogʻoch eshiklar oʻsha davr hunarmandlarining hunarmandchiligini oʻz yuzasida naqshlar koʻrinishida saqlab qolgan.