Pompey (lotincha: Pompeii, italyancha: Pompei, grekcha: Πομπηία) — Neapol yaqinidagi, Kampaniya hududidagi qadimgi Rim shahri, eramizning 79 -yilida Vezuviy togʻidan vulqon otilishi natijasida kul qatlami ostiga qolib ketdi. Hozirgi kunda Pompey shahri ochiq osmon ostidagi muzey sifatida, YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.