Priyanka Chopra | |
---|---|
![]() Chopra 2018-yilda | |
Tavalludi |
18-iyul 1982-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 2000—hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Nick Jonas (turm. 2018) |
Priyanka Chopra Jonas[1] (qizlik familiyasi Chopra; 18-iyul 1982-yil) hind aktrisasi, qoʻshiqchisi, film produseri va modelidir. Priyanka Hindiston armiyasining shifokorlari oilasida dunyoga kelgan. U Lukcnowidagi „La Martiniere“ qizlar maktabida, undan soʻng Barillydagi St. Maria Yoretti kollejida tahsil olgan. U 13 yoshda AQShga ketadi. 2000-yilda Priyankaning onasi uni „Miss India“ tanloviga borishni taklif qiladi va shu tariqa Priyanka faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Miss India“ tanlovida gʻolib boʻldi.