Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati.
Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
- Boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
- Import kvotalari. Import kvotalari yordamida maʼlum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
- Tarifsiz toʻsiqlar. Taʼrifsiz toʻsiqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy maʼmuriy taqiqlashlar tushuniladi;
- Eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining maʼlum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.