Pulpit – tish boʻshligʻini toʻldirib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima – pulpaning yalligʻlanishi. P. davolanmasa, vaqt oʻtishi bilan oʻlgan pulpadagi Mikroorganizmlar mikroblar tish kanali orqali tish atrofidagi toʻqimalarga oʻtadi, natijada tish ildizi uchidagi toʻqimalar yalligʻlanib, periodontit kelib chiqadi Pulpaning yalligʻlanishi unga taʼsir etgan taassurotlar oqibatida kelib chiqadi. Bu taʼsirlarning
asosini kariyes boʻshligʻidagi mikroorganizmlar, ularning toksinlari, dentinning organik yemirilishi oqibatida hosil boʻlgan taassurotlar,
kimyoviy va termik taʼsiri ostida kelib chiqadi. Pulpitni keltirib chiqaruvchi sabablarga quyidagilar kiradi:
– Koʻpincha karyies kovagidagi infeksiyalar dentin kanallari orqali pulpa boʻshligʻiga kiradi va natijada yalligʻlanish hosil boʻladi.
– Pulpaning gematogen yalligʻlanishi ham kuzatilgan.
Masalan gripp, osteomiyelit va boshqa kasalliklarda.
– Jarohat tishning maʼlum qismi sinishi oqibatida tish boʻshligʻining ochilib qolishi, kariyes kovagiga ishlov berish va shakllantirish jarayonida tish boʻshligʻining ochilib qolishi, tishga sunʼiy qoplamalardan metallokeramika qoplamasini qoʻyish uchun charxlanganda pulpa kamerasining ochilib qolishi.
– Parodontda jarrohlik davo muolajalarini oʻtkazayotganda.
– Kimyoviy moddalar taʼsiri ostida (ayrim plomba ashyolari).
– Harorat taʼsiri ostida (kariyes kovagiga ishlov berish va sunʼiy qoplama qoʻyish maqsadida tish toʻqimalari charxlanganda).