Xalqaro nomi |
Karshi State University |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1945-yil |
Rektori | Nabiyev Dilmurod |
Fakultetlar | 13 |
Talabalari | 17 000 dan ortiq |
Bakalavriat | 65 |
Magistratura | 26 |
Doktorantura | 27 |
Manzili |
Qarshi shahar, Ko’chabog’-17, Qarshi Davlat univеrsitеti, O`zbekiston |
Qarshi universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Qarshi pedagogika instituti (1945-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan.
Universitetda 13 (matematika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, geografiya, iqtisodiyot, biologiya, tuproqshunoslik, kasbiy taʼlim, tarix va oʻzbek filologiyasi, xorijiy tillar, pedagogika, psixologiya, jismoniy madaniyat, sirtqi taʼlim, maxsus sirtqi taʼlim, malaka oshirish), 45 kafedra, 25 oʻquv laboratoriya, 9 ilmiy laboratoriya, 8 ilmiy markaz, „Yoshlar markazi“, xalqaro aloqalar boʻlimi, kutubxona (550 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor (2005). Universitetda 31 yoʻnalish (geografiya va iqtisodiy bilim asoslari; pedagogika va psixologiya; transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash; yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; mashina texnologiyalari; mashina ishlab chiqarish jihozlari va avtomobil sozlash; muhandislik kommunikatsiya qurilmalari; issiqlik energetikasi; musiqiy taʼlim; huquq va maʼnaviyat asoslari; boshlangʻich taʼlim; jismoniy madaniyat; oʻzbek tili; ingliz tili; fransuz tili; nemis tili; rus tili; tarix; psixologiya; iqtisodiyot; moliya; biologiya; fizika; astronomiya; kimyo; geografiya; matematika; amaliy matematika; informatika va axborotlash texnologiyasi; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; ekologiya va tabiatdan foydalanish) boʻyicha bakalavrlar, 17 ixtisoslik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.