Asl nomi | Девочка и птицелёт |
---|---|
Muallif(lar) | Vladimir Kiselyov |
Tarjimon(lar) | Meli Normatov va Jamol Erkinxoʻjayev |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1966 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Sahifalar soni | 208 |
„Qizcha va qushqanot“ (ruscha: Девочка и птицелёт) — ukrain yozuvchisi Vladimir Kiselyov qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan roman. Muallif asarni 1966-yil yozgan. Romandagi sheʼrlarni Leonid Kiselyov yozgan. „Qizcha va qushqanot“ni oʻzbek tiliga Meli Normatov bilan Jamol Erkinxoʻjayev tarjima qilgan.
Asardagi hodisalar 1960-yillarda Kiyev shahrida sodir boʻladi. Bosh qahramon Olya va uning doʻstlari qush kabi qanot qoqib uchadigan moslama ixtiro qiladilar va birga turli tajribalarni oʻtkazadilar.