Quyosh taqvimi – sanalari faslni yoki Quyoshning yulduzlarga nisbatan yaqinlashadigan holatini koʻrsatuvchi taqvim. Dunyoda standart sifatida qabul qilingan Grigoriy taqvimi quyosh taqvimiga misoldir. Taqvimning asosiy boshqa turi bu oy taqvimi boʻlib, uning oylari Oy fazalarining davrlariga toʻgʻri keladi. Grigoriy taqvimidagi oylar Oy fazasi davrlariga mos kelmaydi.
Quyosh taqvimini birinchi boʻlib misliklar ishlab chiqishgan, bunda Nil daryosining yillik suv toshqini taqvim bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan, osmonning sharqida It yulduzi — Sirius yoki Sothisning har yili paydo boʻlishidan foydalanib, quyosh taqvimi ishlab chiqilgan. Ular 365 kunlik taqvim yaratishdi. Bu taqvim har biri 30 kundan iborat 12 oyni oʻz ichiga olib, yil oxirida 5 kun qoʻshilardi. Biroq misrliklar kunning qoʻshimcha qismini hisobga olmaganligi sabab ularning taqvimi asta-sekin notoʻgʻri boʻlib bordi[1].