Ramazon (arabcha: رمضان [ra.ma.dˤaːn]) – hijriy yil hisobining 9 oyi. Islom dinida ramazon oyida Alloh Muhammad paygʻambar Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi. Shuningdek, ramazon arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad paygʻambarga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatul-qadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2 yili joriy etilgan. Musulmon mamlakatlarida ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urf-odatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi[1].