Rauf Parfi

Rauf Parfi
Asl ismi Tursunali Parfiyev
Tavalludi 27-sentyabr 1943-yil
Vafoti 28-mart 2005-yil(2005-03-28)
(61 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Taxallusi Oʻzturk
Kasbi shoir, tarjimon
Fuqaroligi Oʻzbekiston va SSSR
Haykaltarosh Azamat Hotamov tomonidan ishlangan Rauf Parfi byusti. Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi, 2023-yil 27-mart.

Rauf Parfi (asli ismi: Tursunali Parfiyev; 1943-yil 27-sentyabr, Shoʻralisoy qishlogʻi, Yangiyoʻl tumani28-mart 2005-yil, Toshkent) oʻzbek shoiri. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan shoʻrolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan[1].

Rauf Parfi hayoti davomida siyosiy muxolifligi uchun mustaqil Oʻzbekiston hukumati tomonidan xushlanmagan. Shuning uchun ham, oʻlimidan soʻng 2013-yilda Rauf Parfi tugʻilganiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan[2], 2018-yilda esa 75 yil toʻlishi munosabati bilan Toshkentda oʻtkazish rejalangan tadbirlarning barchasi Oʻzbekiston rasmiylari bosimi ostida toʻxtatilgan[3].

  1. Rauf Parfi: Antologiya sudbi
  2. „Oʻzbekistonda Rauf Parfining yubileyini keng nishonlashga ruxsat berilmagan“. BBC Oʻzbek (25-sentyabr 2013). Qaraldi: 25-sentyabr 2013.
  3. Shuhrat Bobojon.. „Rauf Parfining Navoiy kutubxonasida oʻtkazilishi rejalangan yubileyi taqiqlandi“. Ozodlik radiosi (19-sentyabr 2018). Qaraldi: 29-sentyabr 2018.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne