Rejissyor (lotincha: rego – „boshqaraman“) – spektakl; film, tele va radio koʻrsatuv va eshittirishlarini, estrada va sirk dasturlarini sahnalashtiruvchi shaxs[1]. Oʻz ijodiy oʻylari, maqsadi asosida tomoshaning barcha ishtirokchilari – aktyor, rassom, kompozitor, kinoda operator ishini birlashtirib, yangi tomoshaviy voqelik yaratadi.