Restoran tanqidchisi

Restoran tanqidchisi — ommaviy ovqatlanish joylari to‘g‘risida professional taqriz yozuvchi kulinariya va restoran biznesi bo‘yicha mutaxassis. Odatda, restoranlar, barlar va kafelar haqida taqrizlarni e‘lon qiluvchi biror-bir davriy bosma (gazeta, jurnal) yoki internet-nashr xodimi (jurnalist) yoki kolumnisti bo‘ladi. Uning qiziqishlari doirasiga oshxonaga berilgan baho, vinolar kartasi, xizmat ko‘rsatish darajasi, interyer va ovqatlanish joyidagi umumiy muhit kiradi. Restoranlar haqidagi taqrizlar restoranlar bo‘yicha yo‘llanma sifatida alohida nashr bo‘lib nashr etilishi ham mumkin.

Shuningdek, kulinariya tanqidchilari va kulinariya yozuvchilari ham bo‘lib, ular u yoki bu taom haqida ta’rif va taqriz yozish, taomlarning tayyorlanishidagi o‘ziga xosliklar haqida yozishadi, ammo butun bir ovqatlanish joyiga baho berish bilan shug‘ullanishmaydi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne