Rim raqamlari — qadimgi rimliklar qoʻllagan raqamlar.
Rim raqamlari 7 ta: I, V, X, L,C, D, M. Rim raqamlar aslida lotin harflari boʻlib, ularning son qiymatlari quyidagicha:
Simvol | I | V | X | L | C | D | M |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Qiymat | 1 | 5 | 10 | 50 | 100 | 500 | 1000 |
Har qanday natural sonni Rim raqamlari yordamida yozish mumkin, bunda quyidagi qoidaga rioya qilinadi:
Masalan, LI = 50 + 1 = 51; CI = 100 + 1 = 101; XI = 10 + 1 = 11.
Masalan IL = 50 — 1 = 49; IC = 100 — 1 = 99; IX = 10 — 1 = 9.
Sonlarni yozishda ayni bir Rim raqamlari ketma-ket 3 martadan koʻp qatnashmaydi.
Masalan, XXX = 30, ammo 40 oʻrniga XXXX emas, balki XL = 50 — 10 = 40 yoziladi. Rim raqamlari yordamida sonlar ustida arifmetik amallar bajarish noqulay. Rim raqamlari endilikda asrlar, asar boblari, oylarning raqamlari, tartib sonlarini belgilashda qoʻllanadi.
Masalan, XXI asr, VII bob, sentyabr — IX oy, III chorak.[1]
Qadimgi rim xalqlari hozirgi kunda ham „rim raqamlari“ nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimdan foydalanganlar. Biz va butun dunyo, bu tizimdan hozirda ham bayram kunlarini belgilashda, konferensiyalarning tartib raqamini belgilashda, kitobning boblarini (masalan, soʻz boshi betlarini), tarixdagi asrlarni, she’rlarning bandlarini va hokazolarni raqamlashda juda keng foydalanamiz.