Rossiyada fuqarolar urushi

Rossiyada fuqarolar urushi - Oktyabr toʻntarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qoʻlga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar oʻrtasidagi urush (19181922).

Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning intervensiyasi bilan oʻzaro qoʻshilib ketgan. Rossiya Birinchi jahon urushidan chiqqandan keyin Germaniya va Avstriya-Vengriya qoʻshinlari unga qarashli Ukraina, Belarus, Boltiqboʻyi va Janubiy Rossiyani bosib olishgan. Brest sulhi imzolangandan keyin bu hududlarning katta qismi Germaniya ixtiyoriga oʻtgan. 1918-yil martda Angliya—AQSH—Italiya—Kanada qoʻshinlari Murmanskka tushirildi; aprelda yaponlar Vladivostokni egallashdi; may oyida Avstriya-Vengriya armiyasining asir olingan 40 ming kishilik chexoslovak korpusi askarlari isyon koʻtardi. Bularning hammasi yangi hokimiyat uchun jiddiy xavf tugʻdirgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne