qozoqcha: С.Ж.Асфендияров атындағы Қазақ ұлттық медицина университеті | |
Xalqaro nomi |
inglizcha: Kazakh National Medical University named after S.D.Asfendiyarov |
---|---|
Shiori | lotincha: Erat. Est. Fuit |
Turi | Milliy universitet |
Asos solingan sanasi | 1930-yil 2-dekabr |
Rektori | Talgat Seyitjanuli Nurgojin |
Talabalari | 11000 |
Magistratura | 140 |
Doktorantura | 52 |
Fan doktorlari | 167 |
Manzili |
050000, Tole bi ko'chasi, 84 , Olmaota , Qozog'iston |
Veb-sayti | http://kaznmu.kz/ |
S. J. Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy Tibbiyot Universiteti (qozoqcha: С.Ж.Асфендияров атындағы Қазақ ұлттық медицина университеті; KazNMU, OAV va bayram tadbirlarida „Birinchi tibbiyot“) — Qozogʻistondagi birinchi va yetakchi tibbiyot universitetlaridan biri boʻlib, 1930-yilda tashkil etilgan. YuNESKOning Universitetlar toʻgʻrisidagi xalqaro qoʻllanmasiga (IHU) kiritilgan universitetlardan biri.
S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy tibbiyot universitetida Qozogʻistonning taniqli olim va oʻqituvchilari, Qozogʻiston Milliy fanlar Akademiyasi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi, xalqaro akademiyalarning akademiklari faoliyat yuritmoqda. Universitet professor-oʻqituvchilari tarkibida 1712 nafar ixtisoslashgan oʻqituvchilar, jumladan,6 nafar akademik, Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining 3 nafar muxbir aʼzosi, Rossiya Fanlar akademiyasining 2 nafar akademigi, 167 nafar tibbiyot fanlari doktori, 454 nafar fan nomzodi va dotsentlari, 7 nafar „Qozogʻiston Respublikasining eng yaxshi oʻqituvchilari“.